Butun Google siz uchun ishlaydi
Google hisobingizga kiring va ishlatadigan Google xizmatlaringizning barcha imkoniyatlaridan foydalaning. Hisobingiz Google xizmatlarini moslashtirish orqali koʻproq ishlar bajarish hamda istalgan joydan muhim maʼlumotlaringizga osongina kirish imkoniyatini beradi.
Sizga yordam beradi
Tizimga kirganingizda siz ishlatadigan Google xizmatlari doim birga ishlab turadi. Bunda Gmail xizmatini Google Taqvim va Google Xaritalar bilan sinxronlash kabi har kunlik vazifalaringizni faol bajarishingiz osonlashadi.
Siz uchun yaratilgan
Qaysi qurilma yoki Google xizmati ishlatishingizdan qatʼi nazar hisobingiz istalgan joyda izchil, moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etadi.
Sizni himoyalaydi
Google hisobingiz yetakchi xavfsizlik funksiyalari bilan himoyalanadi. Bunda xavflar sizga yetib bormasidan avtomatik ravishda aniqlanadi va bloklanadi.
Yordamga tayyor
Google hisobingiz parollar, manzillar va to‘lov tafsilotlarini hisobingizga saqlagan maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda kiritish orqali vaqtingizni tejaydi.
Google hisobingizga kirganingizda siz ishlatadigan barcha Google xizmatlari yanada koʻproq ishlarni bajarishingiz uchun birgalikda ishlaydi. Masalan, Gmail pochtangizdagi parvoz tasdiqnomalari avtomatik ravishda Google Taqvim va Google Xaritalar bilan sinxronlanadi, shu orqali aeroportga vaqtida yetib borishingizni taʼminlaydi.
Bir kirish bilan qurilmalarda YouTube videolarini davom ettirishdan tortib, kontaktlar va sevimli Play Market ilovalarigacha boʻlgan Google xizmatlaridan uzluksiz foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Google hisobingiz orqali tashqi ilovalarga xavfsiz va tezkor ravishda kirishingiz mumkin. Bunda sozlamalaringiz Google tashqarisida ham ishlaydi.
Faqat siz uchun
Maʼlumotlaringizga va sozlamalaringizga bir bosish bilan kirishingiz mumkin. Profil rasmini bir bosish bilan “Google hisobini boshqarish” havolasiga kirishingiz mumkin. Profil rasmi orqali ham osongina hisobingizga kirish, chiqish yoki inkognito rejimini yoqish mumkin.
Gap maxfiylik haqida ketganda bitta oʻlchov hammaga mos kelmasligini bilamiz. Shuning uchun har bir Google hisobi Maxfiylik tekshiruvi kabi oson foydalaniladigan boshqaruv elementlari va vositalardan tashkil topgan. Bunda oʻzingizga mos maxfiylik sozlamalarini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, hisobingizga qanday maʼlumotlarni saqlash kerakligini osongina yoqish/faolsizlantirish boshqaruv elementlari bilan sozlay olasiz va hatto maʼlumotlaringizni sanasi, xizmati yoki mavzusi boʻyicha oʻchirib tashlashingiz mumkin.
Google hisobingiz kredit kartalar, parollar va kontaktlar kabi shaxsiy axborotingizni saqlash uchun xavfsiz hamda markaziy joy taqdim etadi. Bunda zarur vaqtda Internet orqali kirishingiz mumkin.
Maʼlumotlaringizni maxfiy va xavfsiz saqlaydi
Google hisobingiz avtomatik ravishda shaxsiy axborotingizni himoyalaydi hamda ularni maxfiy va xavfsiz saqlaydi. Har bir hisobda spam filtrlari kabi qudratli funksiyalar 99,9% sizga xavfli emaillar yetib kelmasidan ularni bloklaydi, moslashtirilgan xavfsizlik bildirishnomalari esa shubhali harakatlar va zararli veb-saytlardan ogohlantiradi.
Bu oddiy vosita hisobingizni himoyalashga yordam beradigan moslashtirilgan tavsiyalarni taqdim etadi.
Google hisobingizda ichki parollar menejeri yordamida parollaringizni bitta markaziy joyda xavfsiz saqlab, faqat oʻzingiz kirib foydalanishingiz mumkin.